"Qo‘qon-1912" serbiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi serbiyalik futbolchi Ivan Yosovich bilan 1 yillik kelishuvga erishdi.
1989 yilda tug‘ilgan bu futbolchining so‘nggi jamoasi Serbiyaning "Indija" klubi edi. Futbolchi uchun Xalqaro transfer sertifikatini olish bo‘yicha so‘rov yuborilmoqda. So‘rovga ijobiy javob olinsa, futbolchi uchun litsenziya taqdim etiladi.

Fikrlar