
"Qo‘qon-1912" sobiq bosh murabbiyi "Navbahor"da ish boshladi
"Qo‘qon-1912" klubida bir necha yillar davomida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan mutaxassis No‘’mon Hasanov Namanganning "Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqida namanganliklar rasmiy "Telegram" sahifasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Hasanov Anrey Kanchelskisning yordamchisi vazifasini bajaradi. Bungacha 49 yoshli mutaxassis "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" kabi jamoalarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
No‘’mon Hasanov haqidagi to‘liq ma’lumot yaqin vaqtlar ichida "Navbahor" klubi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Fikrlar