"Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinlarda "Surxon" ustunlikka ega. Ammo termizliklar oxirgi marta 20 yil oldin g‘alaba qozongan
Coca Cola Superligasi 6-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” - “Surxon” uchrashuvi Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Bu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 18 marta to‘qnash kelgan. “Surxon” o‘yinlarning 9 tasida zafar quchgan, 8 ta bahsda vodiyliklarning qo‘li baland kelgan. Bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar farqi: 32-29, “Surxon” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “Surxon” 28 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 25 tani tashkil etadi.
Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan barcha uchrashuvlar:
17.08.2019 Qo‘qon 1912 - Surxon - 2:1
27.10.2003 Qo‘qon 1912 - Surxon - 4:1
22.06.2002 Qo‘qon 1912 - Surxon - 3:1
27.09.2000 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:3
21.08.1999 Temiryo‘lchi – Surxon - 0:5
19.08.1998 Temiryo‘lchi – Surxon - 3:2
25.06.1995 Temiryo‘lchi – ASK - 0:2
24.04.1994 Temiryo‘lchi – ASK - 2:0
07.05.1992 Temiryo‘lchi - Surxon - 2:0

Fikrlar