"Qo‘qon-1912"ni tark etgan futbolchi "Andijon"da o‘ynaydimi?

  • 04.02.2020 20:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Andijonliklarning qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga bir qator xorijlik o‘yinchilar ham taklif etilganligi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Hozircha ularni murabbiylar obdon sinovdan o‘tkazishmoqda. Ammo barchasi ham ularga ma’qul kelayotgani yo‘q.

Masalan yanvar oyidagi “Andijon” jamoasiga qo‘shilgan tojikistonlik Oybek Abdug‘affarov Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi murabbiylarda iliq taassurot qoldira olmadi. Natijada Tojikiston terma jamoasiga nomzod hisoblangan futbolchiga javob berib yuborildi. Shuningdek, Latviyaning “Ventsplis” klubida to‘p surgan yarim himoyachi Roman Matskevich ham o‘z o‘yini bilan murabbiylarni lol qoldira olmagani uchun unga ham javob berib yuborildi.

Klubda esa darvozabonlar muammosi ko‘ndalang turgandi. Yaqinda murabbiylar o‘tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan Ruslan Matniyozovni yana qaytarishga qaror qilishdi. U mavsum tugaganidan keyin “Andijon”ni tark etgandi. Biroq darvozabonlar borasida jiddiy muammo yuzaga kelganidan so‘ng murabbiylar Matniyozovni yana qaytarishga qaror qilishdi. Shu bilan birga o‘tgan mavsumning birinchi davrasini “Buxoro”da, ikkinchi yarmini esa “Surxon”da o‘tkazgan Azamat Isroilov ham yana “Andijon”ga qaytdi. Chunki u 2016 yili ham andijonliklar sharafini himoya qilgandi.

Qolaversa, yaqinda “Qo‘qon-1912”ni tark etgan yarim himoyachi Jamshid Hasanovga ham “Andijon” murabbiylari qiziqish bildirishmoqda. Agar tomonlar o‘zaro bir to‘xtamga kelishishsa, futbolchi yangi mavsumni andijonliklar tarkibida o‘tkazadi. Umuman olganda, klub yana bir qator yangi o‘yinchilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Ayni paytda jamoa a’zolari Farg‘onadagi yig‘inini tugatib qisqa muddatli ta’tilga chiqishgan. Oxirgi tayyorgarlik bosqichi esa yana Toshkentda davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mirali Hcerali
04/02/2020 20:45
Хомяковдан рак,обатга чидамли жамоа тузишига ишонамиз