
“Qo‘qon-1912”ning rejasi aniq bo‘ldi
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ayni kunlarda yangi mavsumga selektsiya ishlari hamda mavsumga tayyorgarlik rejalari bilan band bo‘lib turibdi. Bosh murabbiy mavsumga tayyorgarlikning aniq rejasini tasdiqladi. Unga ko‘ra “shunqorlar”ning yangi mavsumga tayyorgarligi 5 bosqichdan iborat bo‘ladi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
04.01 – 09.01 Qo‘qon shahrida
11.01 – 21.01 Toshkent shahrida
25.01- 05.02 Farg‘ona shahrida
09.02 – 19.02 Toshkent shahrida
22.02 - 01.03 kunlari Qo‘qon shahrida mashg‘ulotlar olib boriladi.
Farg‘ona shahrida bo‘ladigan “Hokim kubogi” turnirining sanasi aniq bo‘lishiga qarab, Farg‘onadagi yig‘in muddati 1-2 kunga o‘zgarishi mumkin.
Mana shu yig‘inlar davomida tarkibda bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi hamda jamoa tarkibi shakllantiriladi. Yangi mavsumga tayyorgarlik rejasidan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish ham murabbiylarning rejalariga kiritilgan.
Fikrlar