"Qo‘qon-1912"ning Toshkentdagi yig‘iniga Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro‘ziev hamda Aleksandr Merzlyakov qo‘shildi

  • 11 yanvar, 2021, 22:32
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqichini boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bugun, 11 yanvar kunidan Toshkent shahrida yig‘ilib mashg‘ulotlarga kirishdi. Toshkentdagi mashg‘ulotlarga jamoaning barcha asosiy tarkib o‘yinchilari hamda Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan dastlabki yig‘inda o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatgan futbolchilar taklif qilindi. Poytaxt yig‘inida jamoaning asosiy etakchilari Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro‘ziev hamda Aleksandr Merzlyakov ham safga qo‘shilgan.

Qo‘qonliklar bugun “To‘qimachi” stadionida shug‘ullandi. Toshkentdagi mashg‘ulotlar 20 yanvarga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Murabbiylarning rejalariga ko‘ra, mazkur yig‘in davomida ikkita nazorat uchrashuvi ham o‘tkaziladi. Nazorat o‘yinlari qaysi jamoalar bilan va qachon o‘tkazilishi borasida keyinroq xabar beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!