"Qo‘qon-1912"ning yig‘inida tanaffus va o‘rtoqlik o‘yinlari bekor qilindi

  • 15 yanvar, 2023, 12:54
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek qo‘qonliklar mavsumga tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yuborishgan.

Tecno

Murabbiylarning rejalariga ko‘ra tashkil etilishi lozim bo‘lgan “Andijon SGS” va “Do‘stlik” jamoalari bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yinlari ob-havoning keskin sovub ketganligi bois bekor qilingan. Mehmon jamoalar Qo‘qonga kela olmasliklarini bildirishgan. 

Jamoa a’zolarining so‘nggi kunlaridagi mashg‘ulotlari yopiq sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev futbolchilarning sog‘liklarini o‘ylagan holda jamoa a’zolariga 18 fevral kuniga qadar tanaffus e’lon qildi.

Jamoamiz navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini ham Qo‘qon shahrida olib boradi. 25 yanvardan boshlab esa “Farg‘ona viloyati xokimi kubogi” turnirida ishtirok etamiz, - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!