
Qo‘qonda vodiy derbisi. Jamoalarning statistikasi qanday?
“Andijon” klubi yangi mavsumni safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yin bilan boshlashidan yaxshi xabardorsiz.
“Qo‘qon-1912” bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytdi. “Andijon”ning ushbu raqibga qarshi so‘nggi o‘yini 2021 yilga to‘g‘ri keladi. Andijonda 1:2, Qo‘qonda 1:1 hisoblari kuzatilgan.
Umumiy hisobda jamoalar 28 ta uchrashuvda bellashishgan. “Qo‘qon-1912”da 11, “Andijon”da 9 g‘alaba bor. Yana 8 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 41\45 "Andijon" foydasiga.
“Andijon” oxirgi marta bu raqibini 2003 yili o‘z maydonida 1:0 hisobida mag‘lub etgan. 1998 yili qo‘qonliklar “Temiryo‘lchi” nomi bilan chempionatda ishtirok etgan mahalda “Andijon” Qo‘qonda 0:6 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bu esa ikkala klub o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisob bo‘lib turibdi. Umumiy ochkolar esa “Qo‘qon-1912”da 41, “Andijon”da 35.
Fikrlar