Qo‘qondagi MMA kechasida jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing!

  • 02.04.2021 21:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

8 aprel kuni Qo‘qon shahrida MMA bo‘yicha jang kechasi tashkil etiladi. Qo‘qon shahri hokimi kubogi uchun o‘tkazilayotgan ushbu oqshomda bir qator yurtdoshlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. 

Jumladan, markaziy jangda Humoyun To‘xtamurodov nigeriyalik Bell Mbeyga qarshi jang qilsa, ikkinchi markaziy to‘qnashuvda Asilbek Inomov qirg‘izistonlik Islom Satimovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Yana bir mahoratli vakilimiz Ramazon Temirov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Shuningdek, boshqa iste’dodli jangchilarimiz ham oktagonga ko‘tariladi. 

Muhim janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Qo‘qonjon_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!