"Qo‘qonlik Sher" Qozog‘istonda jang qiladi
25 avgust kuni Qozog‘istonning Almati shahrida Nayza FC promoushenining navbatdagi turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasida O‘zbekiston vakili ham oktagonga ko‘tariladi. Jumladan, so‘ngi janglarini Muradov_Professional_Ligasida o‘tkazgan va ajoyib g‘alabalarni qo‘lga kiritgan, "Qo‘qonlik Sher" nomi bilan tanilayotgan Amirxon Alixo‘jaev mezbonlar vakili Sanjar Tashievga qarshi jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Amirxon Alixo‘jaev professional faoliyatida 5 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Sanjar Tashievning rekordi esa, 3-2 ko‘rinish olgan.


Fikrlar