Qozog‘istonda "Evro-2024"ga yo‘l olish imkoniyati bormi?

  • 21 noyabr, 2023, 05:12
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatiga saralash o‘yinlari o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Saralash doirasida "H" guruhidan o‘rin olgan Qozog‘iston ajoyib yurishi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga ozgina qoldi. Ammo endi ular Germaniyaga boshqa yo‘ldan borishiga to‘g‘ri keladi. 

Tecno

Qozog‘iston 1-turda ham Sloveniyaga mag‘lub bo‘lgandi. Ammo Daniyaga qarshi uchrashuvda super kambek amalga oshirib, o‘ziga bo‘lgan ishonchni qaytardi. Sababi, bu guruhda eng kuchlisi Daniya hisoblanadi. Keyingi turlarda San-Marino va Shimoliy Irlandiyani taslim qilib, ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi. 5-turda esa Finlyandiyaga o‘z maydonida engildi. Orada Shimoliy Irlandiyadan yana 3 ochko olib, Daniyaga mag‘lub bo‘ldi. Imkoniyat yo‘q emasdi, Finlyandiya va San-Marino kabi termalar ustidan g‘alaba qozonilgach, finalga teng o‘yin bo‘lgan Sloveniyaga qarshi bahsda taslim bo‘ldi va guruhda 4-o‘ringa tushib ketdi. 

photo_2023-11-21_04-39-52

Garchi Qozog‘iston guruhda 4-pog‘onada qolib ketgan bo‘lsada, qo‘shnilarimizda imkoniyat yo‘q emas. Gap shundaki, Evroda 24 ta jamoa ishtirok etadi. Turnir Germaniyada bo‘lganligi sababli nemislar to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionat ishtirokchisiga aylanadi, qolgan 23 ta jamoa saralanadi. 10 ta guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni olganlar Evroga yo‘l oladi. Shunda 3 ta joy bo‘sh qolmoqda. Bu o‘rinni to‘ldirish uchun Millatlar ligasiga murojaat qilinadi. Mazkur turnirning "A", "B", "C" guruhlaridagi birinchi o‘rinni egallaganlar orasida pley-off o‘yinlari o‘tkazilib, 3 ta jamoa Germaniyaga boradi, ya’ni 12 ta davlat 4 tadan 3 ta alohida yo‘lakka ajratiladi. Qozog‘iston ham ular orasida bor.

photo_2023-11-21_04-38-21_1

Pley-off orqali "Evro-2024" uchun kurashish ham oson kechmaydi. Qozog‘iston bilan birga bu yo‘lda Bosniya va Gertsegovina, Finlyandiya, Gruziya, Gretsiya, Isroil, Lyuksemburg va Polsha kabi jamoalar ham bor. Qolganlari keyingi uchrashuvlarda ma’lum bo‘ladi. Eng asosiysi, ular orasiga Uels yoki Xorvatiya qo‘shiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!