Qozog‘istondagi legionerimiz jamoasiga yangi murabbiy keldi

  • 30 may, 2024, 18:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning  “Qayrat” jamoasi Aleksandr Kerjakov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

Rossiyalik sobiq futbolchi, ko‘pchilikka "Zenit"dagi o‘yinlari bilan tanish bo‘lgan Kerjakov murabbiylik faoliyatini 2017 yilda "Zenit" akademiyasida boshlagan. Keyinchalik esa Rossiya terma jamoasining turli xildagi yosh toifalarida ishlagan.

Joriy mavsum "Qayrat" safida harakat qilayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev uchun 41 yoshli mutaxassis begona emas. Hamyurtimizga Kerjakov "Nijniy Novgorod"da 2021-22 yilgi mavsumda murabbiylik qilgan. Bu yil Kerjakov Ispaniyaning "Sevilya" va Italiyaning “Inter” klublarida amaliyot o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli vakilimiz almataliklarning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurdi. Himoyachining Osiyo Kubogida qatnashishi ham qiyinchilik bilan amalga oshgan edi.

                                                                                                                                                                       Farhod Tulkunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!