
qudratillo abduqahharov aqshga navbatdagi jangini o‘tkazish uchun etib bordi
Professional boksda mag‘lubiyatni nimaligin bilmay kelayotgan Qudratillo Abduqahharov o‘zining 16-jangini 30 mart kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Kecha o‘zbekistonlik bokschi mazkur jangda ishtirok etish uchun okeanortiga jo‘nab ketgan edi va jangga tayyorgarlik o‘sha erda davom ettiradi. Bu jangda Qudratilloga yaponiyalik tajribali bokschi Keyta Obara raqiblik qiladi. “Kunchiqar yurt” vakili shu vaqtga qadar professional ringda 24 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba (18 nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
– Yaponiyalik bokschi bilan bo‘ladigan to‘qnashuv meni navbatdagi chempionlik kamariga yana bir qadam yaqinlashtiradi. Agar 12 raund etib belgilangan bu jangda g‘alaba qozonadigan bo‘lsam, keyingisi IBF chempionlik kamari uchun kechadi. Hozirda tayyorgarliklar a’lo darajada davom etmoqda. Nasib qilsa, bu jangda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilmoqchiman. Maqsadim bitta emas, bir necha chempionlik kamarlariga egalik qilish, – deydi Qudratillo SPORTS.uz nashriga.
Eslatib o‘tamiz, bokschimiz professional ringda 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub qilgan. Shulardan 9 tasi nokaut.
Fikrlar