Qudratillo Abduqahhorov yangi promouter bilan shartnoma imzoladi!

  • 20 fevral, 2024, 16:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional  boksning yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida faoliyat olib boradigan yurtdoshimiz Qudratillo Abduqahhorov (20-2,12 KO) yangi promouter bilan shartnoma imzolaganini xabar qildi.

Tecno

Qudratillo Abduqahhorovning yangi promouteri Luis Kiki Magana — DAZN, Top Rank  kabi ko‘zga ko‘ringan kompaniyalar bilan birga ishlagan.

Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov so‘nggi jangini o‘tgan yilning 17 noyabr kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da tanzaniyalik Maono Alliga qarshi o‘tkazgan va ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!