Qudratillo Abduqahhorovning jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

  • 2 dekabr, 2021, 00:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) janglar o‘tkazib kelayotgan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (18-0, 10 KO) 11 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan kanadalik Kodi Kroule (19-0, 9 KO) raqiblik qiladi. Kechaning asosiy bahsida 53 kg vaznda WBC jahon chempioni filippinlik Nonito Doneyr (41-6, 27 KO) o‘z hamyurti Reymart Geballo (24-0, 20 KO) bilan to‘qnash keladi. Mazkur kecha Showtime telekanali orqali translatsiya qilinadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!