
Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang sanasi ma’lum!
31 avgust kuni Moskvada Rossiya boks federatsiyasi ko‘magida "Iron & Gloves Promotions" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasining asosiy qarama-qarshiligi o‘rta vazn toifasida rossiyalik Magomed Madiev va hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov o‘rtasidagi kechadi. Jang 8-raund qilib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Qudratillo Abduqahhorov shu yilning fevral oyida so‘nggi jangini o‘tkazgan va hakamlarning qarori bilan amerikalik Ve Shon Uensga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar