
Qudratullo Abduqahhorov: "Errol Spens bilan jang qilishni xohlayman"
Xabaringiz bor, 28 sentyabr kuni AQShning Los-Andjeles shahrida 66.7 kg vazn toifasida IBF chempioni Errol Spens hamda WBC chempionlik kamari sohibi Shon Porter o‘rtasida kamarlarni birlashtiruvchi jang bo‘lib o‘tadi. Bu jangning biz uchun ahamityali jihati ushbu qarama-qarshilikning g‘olibi, katta ehtimol bilan hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorovdan o‘z titullarini himoya qilish uchun majburiy jang o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Albatta, 18 oktyabr kuni Qudratullo AQShlik Luis Kollazo ustidan g‘alaba qozona olsa, o‘ylaymizki yurtdoshimiz buni uddalay oladi. Shuning uchun, bu jang borasida va tayyorgarlik jarayonlari haqida bokschimizning fikrlari bilan qiziqdik...
- Qudratullo 28 sentyabr kuni ehtimoliy raqiblaringiz Errol Spens hamda Shon Porter o‘zaro jang olib borishadi. Aytingchi, qay birining imkoniyati yuqori?
- Har ikkisi ham ajoyib bokschilar. Barchasini ring ko‘rsatadi. Lekin Errol Spens anchagina kuchli deb o‘ylayman. Ikki kun vaqt qoldi. Nasib qilsa, kim g‘olib bo‘lishini tez orada bilib olamiz.
- Errolni Porterdan ustunik jihati nimada?
- Bo‘ylari baland, qo‘llari uzun. Qolaversa, chapaqay bokschi. Umuman janglarini kuzatsangiz Spens “klass” borasida bir bosh baland.
- Umuman olganda qay biri bilan to‘qnash kelishni xohlardingiz?
- Shubhasiz, Errol Spens. Unda mag‘lubiyat yo‘q. Aslida, yuksak natijalarni qayd qilishni istar ekansiz, bu yo‘lda har qanday raqib bilan jang qilishingizga to‘g‘ri keladi.
- Navbatdagi raqibingiz, Luis Kollazoni o‘rganish ishlari qanday kechmoqda?
- Murabbiyim Ilgar Aliev bilan Youtube dagi janglarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Shunga qarab tayyorgarlik olib borayapmiz.
- Jangga tayyorgarlik bosqichi faqat O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganmi?
- Tayyorgarlik jarayonlarini yurtimizda yakunlamoqchimiz. Aslida, AQShda olib bormoqchi edik. Lekin murabbiyimning viza bilan bog‘liq muammolari paydo bo‘lganligi tufayli, qolib ketdik. Ilgar aka vizasini kecha oldi. Endi, jangdan bir hafta avval okean ortiga yo‘l olamiz.
- Mashg‘ulotlar jarayonida sizga sparring raqib bo‘lib, kimlar yordam bermoqda?
- Doston Turdiev, Jamshid Najmiddinov, Ulug‘bek Sobirov va Jasur Ahmadjonovlar juda katta ko‘mak berishyapti. O‘z o‘rnida ularga minnatdorchilik bildirib qolaman.
- Kollazoni boylarini kuzatdik deyapsiz, shu kungaga qadar tushgan raqiblaringiz orasidagi qay birining jang olib borish uslubiga o‘xshab ketar ekan?
- 16 ta jang o‘tkazgan bo‘lsam, bular orasida filippinlik charaqay bokschi Adonis Kabalkuinto bilan “World Boxing Council Asian Boxing Council Silver Welter Title”kamari uchun bahs olib borganman. Aynan shunga jang olib boish uslublari biroz o‘xshab ketadi. Biroq, baribir boshqa toifadagi raqib deb ayta olaman.
Ahmadbek EShMATOV suhbatlashdi.
Fikrlar