Qudratullo Abduqahhorovning Deontey Uaylder hamda Tayson Fyuri anderkardida jang qilish imkoniyati bormi?

  • 12 yanvar, 2020, 22:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn etakchisi Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) va uchinchi o‘rinda borayotgan Sergey Lipinets (16-1, 12KO) o‘rtasida ushbu yo‘nalishning vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish taklifini berib, 5 kun vaqt bergan edi.

Tecno

Ushbu jang 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Deontey Uaylder (41-0-1, 40 KO) va Tayson Fyuri (29-0-1, 20) o‘rtasidagi revansh janginining anderkardida bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi. Biz bokschimiz bilan mazkur masala yuzasidan bog‘langanimizda, “Top Rank” mutasaddilari aynan shunday niyatda ekanligi va bunga harakat qilayotganligini tasdiqladi.

Lekin, buning amalga oshishi qiyin bo‘lsa kerak... Sababi, mazkur jang kechasi bo‘yicha zayavkalar deyarli to‘lib bo‘lgandi. Tomonlarning tashkiliy masalalari, muzokaralarga ancha vaqt ketishini inobatga olsak, bu sanada yurtdoshimizning jangi bo‘lishi biroz ehtimoldan yiroq. Ammo, “Top Rank” ham oddiy kompaniya emas. Bob Arum ham anoyilardan sanalmaydi. Qolaversa tomonlar bir-birlarini so‘zsiz tushuna olishsa, balki bu amalga oshar. Voqealar rivojini kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!