Qudratullo Abduqahhorovning IBF chempionlik kamari uchun jang muddati va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) 2020 yil fevral oyida IBF chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bu haqda Boxer TV manbalari xabar bermoqda.
Qudratillo 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida rossiyalik Sergey Lipinetsga (16-1, 12 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang hozircha ”vaqtinchalik” jahon chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Faqat, mazkur yo‘nalish chempioni Errol Spens ushbu kamardan voz kechgan taqdirda bu qarama-qarshilik to‘laqonli jahon chempionlik kamari uchun o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 22 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan boks oqshomining markaziy jangida o‘ta og‘ir vazn yulduzlari Deontey Uaylder (41-0-1, 40 KO) va Tayson Fyuri (29-0-1, 20) o‘rtasidagi match-revansh tashkillashtiriladi va unda WBC chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi. Uning anderkardida esa, yurtdoshimiz ishtirokidagi jang bo‘ladi.



Fikrlar