Qur’a oldidan Chempionlar ligasi favoritlari e’lon qilindi. Birinchi o‘rinda qaysi jamoa?

  • 29 avgust, 2024, 17:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi oldidan favorit klublar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

"Goal" nashri Chempionlar ligasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi oldidan eng kuchli 36 ta jamoaning reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini "Real Madrid" egalladi, "Manchester Siti" ikkinchi, «Arsenal» uchinchi o‘rinlarni band etdi.

Eng kuchli 15 ta jamoaning reytingi quyidagicha:
1. "Real Madrid";
2. "Manchester Siti";
3. "Arsenal";
4. "Bavariya";
5. "Liverpul";
6. "Barselona";
7. "Inter";
8. "Bayer";
9. PSJ;
10. "Borussiya Dortmund";
11. "Atletiko";
12. "Yuventus";
13. "Atalanta";
14. "RB Leyptsig";
15. "Milan".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!