
Qutilsak bo‘ldi! “Manchester Yunayted” 95 million evrolik yulduzni juda arzon sotyapti
“Manchester Yunayted” rahbariyati klub tarixidagi eng omadsiz transferlardan biri Antonidan qutilish yo‘lini qidiryapti.
Manchesterliklar braziliyalik legionerni 2022 yilning yozida “Ayaks”dan 95 million evroga xarid qilgandi. Hujumkor futbolchi ishonchni oqlay olmadi va zaxiraga o‘tirib qoldi.
Shunga qaramay, “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau o‘yini ochilmayotgan Antonidan qanday foydalanishni bilishi ta’kidlamoqda.
Caught Offside nashrining yozishicha, manchesterliklar qimmatbaho o‘yinchini qishki transferlar vaqtida 40 million funtga qo‘yib yuborishga tayyor.
24 yoshli yulduz Manchesterga kelganidan beri 83 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi xolos. Uning amaldagi shartnomasi yana uch yil davom etadi.
Fikrlar