Quyoshni xushlamaydigan jamoa! "Liverpul"ga futbol o‘ynash uchun noqulay vaqt (Qiziqarli statistika)

  • 12 mart, 2023, 14:45
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" kecha bo‘lib o‘tgan AL doirasidagi uchrashuvda "Bornmut"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Muhammad Saloh esa ilk bor penaltini aniq tepa olmadi. 

Muxlislar e’tiboriga bir qiziq holatni taqdim etamiz. Klopp shogirdlari erta boshlanadigan uchrashuvlarning barchasida qoniqarsiz natija qayd etmoqda.

Joriy mavsumda "Liverpul" Angliya vaqti bilan 12:30'da 5 marotaba o‘ynadi. 

"Fulxem" - "Liverpul" 2:2 
"Everton" - "Liverpul" 0:0 
"Nottingem Forest" - "Liverpul" 1:0 
"Liverpul" - "Chelsi" 0:0 
"Bornmut" - "Liverpul" 1:0 

O‘yin vaqtida 20-o‘rinni egallab turgan jamoalarga qarshi 3 marotaba qoniqarsiz natija qayd etgani Mersisayd klubi muxlislarini yana ham dahshatga solishi aniq. ("Bornmut", "Everton", "Nottingem Forest") 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!