Rabo ertaga "Yuventus"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
Frantsiyalik yarim himoyachi Adrien Rabo faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha 24 yoshli futbolchi ertaga “keksa sinora” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng shartnoma imzolaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda Rabo “Yuventus” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. U yangi jamoasida yiliga 7 mln evro maosh oladi. Bundan tashqari uning onasi va agenti 10 mln evro miqdorida xizmat haqi olishadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etdi va u “Yuve”ga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.



Fikrlar