Rabo "Real"ga o‘tishi mumkin
PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki “qirollik klubi” 23 yoshli frantsuz futbolchisini o‘tgan yoz, ya’ni “Chelsi”ga ijaraga berib yuborilgan Mateo Kovachichni o‘rniga sotib olishni urunib ko‘rgan edi. Biroq, yakunda ushbu transfer amalga oshmay qolgandi.
Ma’lumotlarga qaraganda Raboning o‘yinlari “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan va klub prezidenti Florentino Peresga yoqadi. Ayrim manbaalar tarqatgan xabarga ko‘ra Rabo va Madrid klubi allaqachon kelishuvga erishishgan.
Eslatib o‘tamiz, Raboning PSJ bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq uning “Barselona”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar