
Rabo: “U gol ura olmaganidan xursandman”
Frantsiya Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Uchrashuv bahsli vaziyatlarga boy o‘tdi. Uchrashuv yakunlangach inglizlar hakamning qarorlaridan norozi bo‘lmoqda. Ular qatorida Adrien Rabo ham bor. Uning so‘zlariga ko‘ra hakam ikkinchi penaltini belgilashda xatoga yo‘l qo‘ygan.
“Birinchidan, men bu yuz foiz qoidabuzarlik ekaniga shubham bor. Maydonda yuzlab bunday xatti-harakatlar qilinadi. Albatta, Keynning gol ura olmaganidan xursand bo‘ldim, chunki bu fol emas. Ba’zida sizga omad ham kerak bo‘ladi. Bugun keyingi bosqichga yo‘l olganimizdan faxrlanamiz” – dedi “Yuventus” yarim himoyachisi.
Frantsiyani yarim finalda Marokashga qarshi bellashuv kutmoqda. Afrikaliklar chorak finalda Portugaliyani turnirdan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar