Raboning onasi o‘g‘lining "Marsel"dan haydalganiga munosabat bildirdi

  • 22.08.2025 12:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Adrien Raboning onasi farzandining "Marsel"dan chetlatilganiga munosabat bildirdi.  

Frantsiya chempionati 1-turi doirasida "Renn"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Rabo hamda Jonatan Rou o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Shundan so‘ng ikkala futbolchi ham jamoadan chetlatilgan va transferga qo‘yilgan. 

"Men uning chetlatilganini bilganimda, bu menga qattiq zarba bo‘ldi. O‘zimni noqulay his qilyapman. Sababi, u "Marsel" uchun juda ko‘p ish qildi va ular o‘g‘limga nisbatan shunday munosabatda bo‘lmoqda. Adrienning jahli chiqmayapti, ammo hafsalasi pir bo‘lgan. 

O‘g‘limning PSJdagi davrini eng yomoni deb o‘ylagandim. Agar u mavsumni o‘tkazib yuborsa, bu falokat bo‘ladi. Biz buni avval ham boshdan kechirganmiz va yana takrorlanishini istamaymiz",
- dedi Veronik Rabo "RTL" telekanalida. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!