
Rafael Nadal bor yo‘g‘i uch geymni boy berdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Meksikada o‘tayotgan "Abierto Mexicano Telcel" musobaqasining yakkalik bahslarida yarim final bosqichiga chiqdi.
Akapulko shahrida o‘tayotgan musobaqaning 1/4 final bosqichida R.Nadal koreyalik Sun Vu Kvonga qarshi kortga tushib, yakunda 6:2, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "Abierto Mexicano Telcel"ning final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Nadal bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar