Rafael van der Vaart: Ramos - mashina, u 40 yoshgacha o‘ynay oladi

  • 04.08.2020 14:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gollandiya terma jamoasi va “Real” sobiq futbolchisi Rafael van der Vaart “Qirollik klubi” sardori Serxio Ramos haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Men Serxioni jahon futbolining eng zo‘r himoyachisi, deb hisoblayman. Ramos hamisha g‘alabaga intiq. U maqsadga erishish uchun o‘zining ulkan iqtidorini ishga soladi. Bu futbolchi o‘zining kuchli tomonlarini juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham, u “Real”ning etakchi futbolchilaridan biriga aylana oldi.

Ramos – mashina. Serxio 40 yoshgacha futbol o‘ynay oladi, deb o‘ylayman”, - deydi gollandiyalik sobiq futbolchi.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Ramos o‘tgan mavsum La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 11 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!