Rafinya: "APL – o‘ynash va tomosha qilish uchun eng yaxshi liga"

  • 13 may, 15:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya Angliya Premer-ligasi haqida fikr bildirdi.

Tecno

— Premer-liga – o‘ynash va tomosha qilish uchun eng yaxshi liga. APLda har ikki jamoa raqibidan qat’i nazar, 90 daqiqa davomida bir-birini hujumga o‘rgatadi, – dedi Rafinya "Barca Universal" nashriga.

Braziliyalik futbolchi 2020–2022 yillarda "Lids" sharafini himoya qilgan. U jamoa safida 67 o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol va 12 ta assistga erishgan.

2022 yili Rafinya "Barselona" a’zosiga aylandi. Joriy mavsumda u 54 o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 25 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning transfer bahosi 80 million evro atrofida, klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!