
Rafinya Chempionlar ligasi to‘purari. Uning statistikasi shunchaki dahshat!
Rafinya Dias Seru Girassini ortda qoldirib, UEFA Chempionlar ligasi joriy mavsumi to‘purariga aylandi.
"Barselona" vingeri "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvining 11-daqiqasida Lamin Yamalning uzatmasidan so‘ng gol urdi. 42-daqiqada esa Baldening pasidan so‘ng dublni rasmiylashtirdi.
Braziliyalik futbolchining joriy turnirdagi gollari soni 11 taga etdi. U "Borussiya" futbolchisi Girassini ortda qoldirib, turnir to‘purariga aylanib oldi.
Bundan tashqari, Rafinya 10 ta bellashuvda 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar