
Rafinya: "Men bekorga bu erda emasman – mehnatim bilan “Barselona”ga keldim"
"Barselona" hujumchisi Rafinya jamoadagi o‘yiniga bo‘lgan tanqidlarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Men Kataloniyaga kelganimdan beri har bir transfer oynasida men ketaman, bu jamoaga loyiq emasman, degan gaplar bo‘ldi. Lekin men o‘z imkoniyatlarimni yaxshi bilaman. Bu erda menga sovg‘a berilmagan, men bu darajaga mehnatim bilan, oldingi jamoalarda va terma jamoada qilgan ishlarim orqali etganman. Gap menda daraja yo‘qligida emas.
Lekin men "Barselona"dek katta va talabchan jamoada o‘ynayapman. Agar sizdan kutilgan darajada o‘ynamasangiz, tanqid bo‘lishi tabiiy. Odamlar senga bu jamoadan ketishing kerakligini, bu futbolka uchun etmasligingni ayta boshlaydi. Ammo men bu klubga nima bera olishimni yaxshi bilardim. Men bilardim: agar qattiq mehnat qilib, natija ko‘rsatsam, odamlar fikri o‘zgaradi. Shunday ham bo‘ldi" — deya ta’rif berib o‘tdi braziliyaliik yulduz
Fikrlar