Rafinya: "Saudiya Arabistonidan kelgan taklif meni hayratda qoldirdi"

  • 15 oktabr, 16:08
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" a’zosi Rafinyaga Saudiya Arabistonidan jiddiy takliflar bo‘lgan. Braziliyalik futbolchi “Al Hilol” klubining taklifini rad etganini va kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirganini ma’lum qildi.

Tecno

“Men 15 yoshimdan beri futbolchiman. Hayotimda yaxshi ham, yomon ham kunlar bo‘lgan. Endi esa o‘zim va oilam haqida o‘ylaydigan vaqt keldi, deb his qildim. Saudiya Arabistonidan kelgan taklif meni hayratda qoldirdi — u mening, ota-onamning, o‘g‘limning va yaqinlarimning hayotini butunlay o‘zgartirib yuborardi.

Albatta, men ketish haqida o‘yladim. Ammo bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan avval telefon orqali, so‘ngra mavsumoldi yig‘in boshida shaxsan suhbatlashdik. U meni qolishga ko‘ndirdi. Endi esa bu qarordan juda xursandman”, — dedi vinger ESPN nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Rafinya 2024/2025 yilgi mavsumda "ko‘k-anor ranglilar" safidan 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 25 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Shuningdek, u “Oltin to‘p – 2025” sovrinining yakuniy ro‘yxatida 5-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!