
Rafinyaning maoshi "Valensiya"ga qimmatlik qilmoqda
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantaraning "Valensiya"ga kutilayotgan transferi barbod bo‘lishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klublar allaqachon 15 mln evro evaziga kelishib bo‘lishgan. Biroq, “ko‘rshapalaklar” 26 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erisha olishmayapti. Aytish kerakki, Rafinya ayni damda kataloniyaliklar safida yiliga 3 mln evro maosh oladi. “Valensiya”ga esa bu qimmatlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rafinya “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumning asosiy qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar