
Rahmatillo Sattarov “Open FC 10” turnirida jang qildi
Moskva shahrida davom etayotgan “Open FC 10” turnirida ikkinchi hamyurtimiz ham o‘z jangini o‘tkazdi.
Ya’ni, 93 kg vaznda oktagonga ko‘tarilgan Rahmatullo Sattarov mezbonlar vakili Ilya Bochkovga qarshi bahs yuritdi.
Dastlabki raundni yaxshi boshlagan hamyurtimizga keyinchalik jismoniy holati pand berib qo‘ydi va ikkinchi raund yakunlangandan so‘ng, 3-raundga chiqishdan bosh tortdi. Shu tariqa rossiyalik Ilya Bochkov ushbu qarama-qarshilikda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Oldinda bizni Nursulton Ro‘ziboevning jangi kutib turibdi. Voqealar rivojini kuzatib boring!
Fikrlar