Rahmonaliev Angliya, Ispaniya va Norvegiyaga boradi

  • 28.08.2026 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Monako shahrida 2026/2027 yilgiy mavsum UEFA Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu musobaqa tarixida birinchi marta Ozarbayjonning «Sabah» jamoasi asosiy bosqichda ishtirok etadi. Klub bu bosqichgacha yetib kelish uchun bir nechta saralash raundlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qur’a natijalari e’lon qilingach, ko‘plab futbol mutaxassislari «Sabah» juda og‘ir guruhga tushganini ta’kidlashdi. 

Ozarbayjon klubining raqiblari quyidagicha shakllandi: «Barselona» (o‘z maydonida), «Arsenal» (safarda), Dortmundning «Borussiya»si (o‘z maydonida), «Manchester Yunayted» (safarda), «Napoli» (o‘z maydonida), «Vilyarreal» (safarda), Praganing «Slaviya»si (o‘z maydonida) va «Viking» (safarda).

Boku klubi safida o‘zbekistonlik legioner Umarali Rahmonaliev ham to‘p surmoqda. 22 yoshli yarim himoyachimiz Chempionlar ligasi saralash raundlari va pley-off bosqichida jami sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta dan gol va assist rasmiylashtirib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempionlik sohibi Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi. Parij jamoasi o‘tgan mavsum finalda «Arsenal»ga qarshi bahsda 11 metrlik jarima udarlari seriyasida g‘alaba qozonib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!