Rakitich bugun "Alaves"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich La Liganing "Alaves"ga qarshi bahsida ishtirok etmaydi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde 31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga qo‘shimcha dam berishga qaror qilgan.
Ta’kidlash kerakki, ushbu bahsda jarohatidan forig‘ bo‘lgan Tomas Vermalen ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum 48ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, “Alaves” – “Barselona” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.
Fikrlar