Rakitich: O‘zimni "Barselona"dan boshqa joyda ko‘rmayapman

  • 28 aprel, 2019, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubining xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich bundan keyin ham kataloniyaliklar safida to‘p surishda davom etmoqchi.

Tecno

“Barselona” chempionlikni haqli tarzda qo‘lga kiritdi. Men “Barselona”da baxtliman. Yangi shartnoma haqida gapirsam, men xotirjamman va mavsum yakunlanishini kutyapman. Men o‘zimni “Barselona”dan boshqa joyda ko‘rmayapman. Tez orada shartnomani uzaytirish borasida taklif olaman deb umid qilaman”, - deydi Rakitich.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!