
Ramires Bivol bilan jang haqida: Kanelo va Meksika uchun qasos olaman
WBA yo‘nalishida engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar Xilberto Ramires chempion Dmitriy Bivol bilan bo‘ladigan jang haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men kamarni Meksikaga olib kelaman va bu qasos bo‘ladi. Men Kanelo va Meksika uchu qasos olaman, kamarlarni qaytarib olaman.
Men meksikalik bokschilarning yangi kumiri bo‘lishni xohlayman.
Bolaligimda juda ko‘p narsalarni orzu qilardim. Masalan, bokschi bo‘lish va jahon chempionligini qo‘lga kiritish. Hozir esa men bu orzuimni amalga oshirdim”, - dedi meksikalik bokschi.
Ramires va Bivol o‘rtasidagi jang 5 noyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar