Ramos Benzemaning jamoadoshiga aylanishga yaqin!

  • 3 sentabr, 2023, 13:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Serxio Ramos Saudiya Arabistonidan foydali taklif oldi.

OAV xabarlaridan malum bo‘lishicha, "Al-Ittihod" 37 yoshli ispaniyalik bilan kelishuvga yaqin turibdi. Saudiya klubi taniqli faxriy uchun kurashda Turkiyaning “Galatasaroy” klubini ortda qoldirdi. Insayder Nikola Skiraning so‘zlariga ko‘ra, Ramosning maoshi, agar Saudiya Arabistoniga o‘tsa, yiliga 20 million evroga etishi mumkin. Markaziy himoyachining shartnomasi ikki yilga mo‘ljallangan.

"Al Ittihod"da Serxio Ramos ko‘p yillar davomida "Real"da o‘ynagan hujumchi Karim Benzema bilan yana uchrashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!