Ramos ertaga "Betis"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 18 may, 2019, 21:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos ertaga La Liganing 38-turidan o‘rin olgan “Betis”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Tecno

Uning so‘zlariga ko‘ra tajribali himoyachi tizzasidan olgan jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagan.

Ta’kidlash kerakki, Ramos Ispaniya terma jamoasining iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Evro-2020 saralash uchrashuvlari uchun e’lon qilingan tarkibidan ham joy olgan edi. Biroq, u ushbu bahslarni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!