
Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytishi mumkin
"Sevilya" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasiga qaytish imkoniyatiga ega. Bu haqda "qizil furiya" bosh murabbiyi Luis de la Fuente gapirdi.
“Biz har doim terma jamoada o‘ynagan futbolchilarni hurmat qilishiz kerak. Nazarimda, Serxio terma jamoa bilan xayrlashgandek tuyuldi. Lekin bizning eshiklarimiz uning uchun doim ochiq”, - deya 62 yoshli mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Tribal Football" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha Ispaniya terma jamoasida o‘ynagan va jahon chempioni va ikki marta Evropa chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar