Ramos Pogbaning "Real"ga kelishiga qarshilik qilmoqda
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos jamoaga "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning kelishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Don Balon nashri xabar tarqatdi.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik futbolchi “qirollik klubi” rahbariyatidan Pogbani sotib olmaslikni so‘ragan. Uning fikricha frantsiyalik futbolchining kelishi jamoa ichki muhitini buzishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Pogbaga shuningdek “Yuventus” ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli Pogba joriy mavsum MYu safida APLda 35ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar