Ramos: "PSJ uzoq o‘tmishga ega emas"

  • 27 yanvar, 2022, 15:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Serxio Ramos jamoadagi vaziyat va kelgusi rejalari haqida o‘rtoqlashdi. Himoyachi ayni paytda o‘zini Parijda baxtli his etmoqda. 

"Biz hozir ajoyib formadamiz va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishni istaymiz. Bizda ahil va inoq kollektiv jamlangan.

PSJ uzoq o‘tmishga ega emas. Biroq hozir unda zo‘r loyiha mavjud. Bugungi kunda hamma bu klubga o‘tishni xohlaydi. 

Men hali ham avvalgidek ulkan maqsadlar uchun kurashyapman. Yagona istagim - g‘alaba qozonishda davom etish", - deydi 35 yoshli ispan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!