Ramos qariganda yulduzlik kasaliga chalindi

  • 18 avgust, 2021, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ rahbariyati “Real”dan kelgan Serxio Ramosning o‘zini tutishidan norozii bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik himoyachi jamoadoshlari va klub xodimlariga nisbatan takabburlik qilmoqda va bu ichki muhitni buzilishiga olib kelishi mumkin.

Parij klubida biror o‘yinchi o‘zini boshqalardan ustun tutishiga yo‘l qo‘yilmaydi va futbolchilar ham Ramosning o‘ziga yuqori baho berayotganini hazm qila olmayapti.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino 34 yoshli Serxio Ramos o‘zini o‘nglab olmasa va ishga munosabatini o‘zgartirmasa, asosiy tarkibdan chetda qolishini uqtirdi.

Serxio Ramos parijliklar bian 2023 yilning yarmigacha davom etadigan bitimga imzo chekkan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!