
Ramos “Real”ga qaysi jamoaga o‘tishini aytdi
“Real” va Serxio Ramos o‘rtasidagi muzokaralar tobora murakkablashib bormoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar sardori klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashuv vaqtida o‘zining rejasini oshkor qilgan. Ramosning aytishicha, PSJ rahbariyati jamoa kuchaytirilishi va yozda Lionel Messi olib kelinishini bildirib, himoyachini Parij klubiga taklif qilgan.
Parijliklar bilan suhbatdan keyin Ramos “Qirollik klubi”ning taklifni rad etdi. U Maurisio Pochettino rahbarligida amalga oshiriladigan katta loyiha ishtirokchisi sifatida PSJda to‘p tepmoqchi.
O‘z navbatida, Florentino Peres ham Serxio Ramos ketadigan bo‘lsa, uni ortiq ushlab turmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, klub rahbari Ramosga yiliga 12 million evrodan ortiq maosh taklif qilinmasligini ham uqtirdi.
Fikrlar