
Ramos uchun "Real" qilmagan ishni bajarishga tayyor klub topildi
Bir necha kun oldin "Real" bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan Serxio Ramos faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hali aniq bo‘lib ulgurmadi.
"L’Équipe" nashri xabariga ko‘ra, PSJ ispaniyalikka u istagan shartnomani taklif etishga rozi. Ramos 13 million evro maosh bilan ikki yillik bitimga imzo chekmoqchi. Biroq "qirollik klubi" bu kelishuvga ko‘nmagan edi.
Parijliklar rahbariyati 35 yoshli himoyachiga 1+1 ko‘rinishida shartnoma berishni reja qilgan. Agar Serxioning Frantsiyadagi dastlabki yili muvaffaqiyatli o‘tsa, kelishuv avtomatik ravishda uzaytiriladi. Ayni paytda bu eng to‘g‘ri yo‘l sifatida ko‘rilmoqda.
O‘tgan mavsum "El-kapitano" "qaymoqranglilar" tarkibida 21 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bahslarda Ramos 4 gol urib, 1 bor assist qayd etgan.
Fikrlar