Ramosning oldida 2 ta variant bor

  • 5 yanvar, 2021, 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real" hamda Serxio Ramos o‘rtasidagi imzolanishi kutilayotgan yangi shartnoma tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

“Qirollik klubi” 34 yoshli tajribali himoyachiga 2 ta variant taklif qilmoqchi. Birinchisi, tomonlar shartnomani 1 yilga uzaytiradi va futbolchining hozirgi maoshi saqlanib  qoladi. Ikkinchisi, shartnoma 2 yilga tuziladi va Ramos hozirgi maoshidan 10 foiz kam mablag‘ oladi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar bermoqda.

Bundan avvalroq ,“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Ramosni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Serxio Ramos joriy mavsum La Ligada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!