Ramosning “Real”dan ketishi aniqlashib qoldi

  • 14 noyabr, 2020, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya ommaviy axborot vositalari “Real” sardori Serxio Ramos mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishi 80 foizga aniq ekani haqida yozmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, to‘purar himoyachi klub rahbariyatining unga qilayotgan munosabatidan ranjigan va Madridni tark etishni rejalashtirmoqda. Bir qarorga kelishdan oldin u klub prezidenti Florentino Peres bilan gaplashib olmoqchi.

Ayni paytda “Qirollik klubi” futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolab, maoshini 20 foizga qisqartirmoqchi. Bu talab Ramosga yoqmayapti.

Serxio erkin agentga aylanadigan bo‘lsa, uni “Yuventus”, PSJ, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!