
Ramzan Kadirov UFC jangchisi Xamzat Chimaevga o‘ziga xos sovg‘a taqdim etdi (Video)
Asli Chechenistonlik bo‘lgan va Shvetsiya nomidan UFCda jang qiladigan Xamzat Chimaev Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirovning mehmoni bo‘ldi.
“Biz juda iliq va qiziqarli suhbat o‘tkazdik. Jangchining kelishi sharafiga Checheniston sahnasining yulduzlari, KVN jamoasi va raqs ansambllari chiqish qildilar. Xamzat nihoyatda kamtar va odobli inson ekanligiga shaxsan tanishganimizdan so‘ng amin bo‘ldim. U o‘zining tug‘ilgan yurti va xalqini juda yaxshi ko‘rishi bilan birga ota-bobolarimizning urf-odatlarini ham hurmat qiladi “, - dedi Kadirov.
Shuningdek, Kadirov ziyofat yakunida Chimaevga Mercedes GLE450 sovg‘a qildi.
Fikrlar