Ramzan Qodirov Artur Beterbievga qanday sovg‘a topshirganini bilasizmi?
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov WBC va IBF yo‘nalishlarining yarim og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni rossiyalik Artur Beterbiev bilan uchrashdi. Qodirov bokschiga Rossiya va Checheniston boks federatsiyalari tomonidan sovg‘a qilingan avtomobil kalitini topshirdi.
“Aziz do‘stlar! IBF va WBC versiyalari bo‘yicha ikki chempionlik kamari egasi, "Axmat" RSK tarbiyalanuvchisi Artur Beterbiev Grozniyga tashrif buyurdi.
Filadelfiyadagi (AQSh) boks oqshomining asosiy jangida u ukrainalik tajribali Aleksandr Gvozdikni nokautga uchratdi. Professional ringda mag‘lubiyatsiz odimlagan holda, 15ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu Checheniston va butun rossiyalik boks ishqibozlari uchun ulkan sovg‘adir. Checheniston chempionni tantanali kutib oldi. Artur Beterbiev butun Grozniyni, minglab yoshlarni, taniqli sportchilarni, muxlislarni xursand qildi. U uyga ikkita chempionlik kamarini olib keldi! Bu esa hurmatga sazovordir.
Biz juda iliq suhbatlashdik. Men Arturni muborakbod etib, Rossiya va Checheniston Respublikasi boks federatsiyalari tomonidan sovg‘a qilingan avtomobil kalitlarini topshirdim. Bir necha yil oldin yosh bolakay davrida Artur “Gudermes”boks klubimizga kelganini eslayman. U o‘z ustida juda qattiq ishladi. Mahoratini oshirdi. Endi u jahon boksining eng mashhur yulduzlaridan biri! Ishonchim komilki, bu Artur Beterbievning sportdagi buyuk va shonli yo‘lining boshlanishi”,-deb yozadi Qodirov o‘z Instagram-dagi sahifasiga.



Fikrlar